Jahon | 22:03 / 27.04.2016
1624
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Saloh Abdislomga rasman ayblov e'lon qildi
Fransiyada Parij teraktlari ishtirokchilaridan biri Saloh Abdislomga rasman ayblov e'lon qilindi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, fransiyalik tergovchilar unga terroristik tashkilotga a'zoligi, qotilliklar, odam o‘g‘irlashlar hamda sovuq qurol va portlovchi moddalar saqlaganlik uchun ayblov e'lon qilishgan.
Advokat Frank Bertonning ma'lum qilishicha, Abdislom bir kishilik kameraga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 aprelga o‘tar kechasi Belgiya Saloh Abdislomni Fransiya hukumatiga ekstraditsiya qildi.