Jahon | 09:13 / 27.04.2016
1585
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton 4ta shtatdagi praymerizda g‘alaba qozondi

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Konnektikut shtatidagi dastlabki saylovlarda demokratlar partiyasidan nomzodlar ichida g‘alaba qozondi. Endilikda, Klinton 5ta shtatda o‘tkazilgan praymerizlarda 4tasida g‘alaba qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

CNN’ning ma'lum qilishicha, 94 foiz ovozlarning hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Klinton 51,2 foiz ovoz to‘plagan. Uning partiyadosh raqibi Berni Sanders esa 47 foiz ovoz to‘plagan.

Bungacha Sandersning Rod-Aylenddagi praymerizda g‘alaba qilgani ma'lum bo‘lgandi. Klinton esa Merilend, Delaver va Pensilvaniyada undan ustun kelgandi.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod barcha 5ta shtatda praymeriz g‘olibi bo‘ldi.

AVS telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, respublikachi milliarderga Pensilvaniyada 69 foiz, Konnektikutda – 59 foiz, Rod-Aylendda – 66 foiz, Delaverda 59 foiz saylovchi ovoz berdi.