Jamiyat | 19:04 / 27.04.2016
1874
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada dovyurak zebra 3 timsohga qarshi jangdan omon chiqdi

Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasida dovyurak zebra uch timsohdan qutulib chiqqan. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.

Voqea Mara daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan. Timsohlar zebraga hujum qilgan, biroq u qarshi hujumga tashlangan va suvdan sakrab chiqqan. Suratlarga qaraganda zebraning old oyog‘i singan, bu uning boshqa yirtqichlar bilan to‘qnashganda omon qolish imkoniyatlarini kamaytiradi.

Fotosuratlar muallifi – janubiy amerikalik suratkash Nelis Volmarans. Uning aytishiga qaraganda zebra ayovsiz jang olib borgan va timsohlarni tishlashga harakat qilgan. Volmoransning ta'kidlashicha, zebraning omon qolgani mo‘jiza.

“Zebra jarohatlarsiz qutulsa, xursand bo‘lardim, ammo tabiat qonunlari har doim ham istaganimizdek bo‘lavermaydi: oxir-oqibat hayot g‘ildiragida hamma o‘z rolini o‘ynaydi”, - dedi surtakash.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish