Kiyevda IShIDning MDH mamlakatlaridan kelgan 5 nafar a'zosi qo‘lga olindi
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Kiyevda IShID terrorchi tashkilotining xorijlik besh a'zosini qo‘lga olishdi. Bu haqida Ukraina xavfsizlik xizmatining saytida ma'lum qilindi.
“Sobiq sovet mamalakatlari fuqarolari Ukrainaga tashrif buyurishdi, ularga chegaradan soxta hujjatlar yetkazib berishni va'da qilishgan. Keyinchalik ular Suriyadagi ziddiyat mintaqasiga yo‘l olishni rejalashtirishgan. Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari muhojirlik xizmati bilan hamkorlikda bu shaxslarning poytaxtdagi ijaraga olingan uylarning birida joylashganini aniqladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Boshqarma xorij fuqarolarini o‘z vatanlariga majburiy qaytarish haqida qaror qabul qilganini qayd qilmoqda.
Shuningdek, Ukraina xavfsizlik xizmatida o‘tgan yili mamlakatdan terrorchi guruhning 25 nafar a'zosi chiqarib yuborilgani ma'lum qilingan. Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan IShIDning olti a'zosini maxsus xizmat xodimlari keyingi ekstraditsiyalar uchun ushlab qolishdi.