Lavrov Ukraina inqiroziga "kuch berayotgan quvvat"ni uzib qo‘yishga chaqirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Moskva anjumani doirasida bergan bayonotiga ko‘ra, Yevropadagi keskinlikning kuchli generatori bo‘lib kelayotgan Ukraina inqiroziga barham berish vaqti kelgan.
«Yevropa o‘zaro munosabatlarida keskinliklarga bosh sabab bo‘layotgan Ukraina inqirozi nomli generatorni to‘xtatishi zarur», — degan Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Rossiya tashqi ishlar mahkamasi rahbarining qayd etishicha, buning uchun yagona yo‘l mavjud — Minsk kelishuvi bandlariga rostgo‘ylik bilan rioya etish va rasmiy Kiyev ma'muriyatini zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga majbur qilish lozim.
«G‘arb hamkorlarimiz shunday harakatlar zarurligini tushinib bormoqda, ammo hozircha ular buni baralla va oshkora aytishga tortinmoqda. Ishonamanki, ular Ukraina rahbariyati bilan o‘tkazadigan yopiq muloqotlarida ayni fikrlarni jiddiyroq ilgari surishmoqda», — degan Sergey Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, Rossiya — NATO kengashi xulosalari Yevropa xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolganini isbotlamoqda.
Bundan avval, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya agressiyasi, Ukrainada atom fojyeasini takrorlash xavfini yaratdi, deb bayonot bergan edi.