Olimlar uzunligi besh nanometr bo‘lgan termometrni taqdim etishdi
Tadqiqotchilar uzunligi besh nanometrdan oshmaydigan o‘ziga xos “termometr”ni yaratishdi. Olimlarning mazkur ixtirosi haqida batafsil Nano Letters jurnalida tanishish mumkin.
Biokimyogarlarga ma'lumki, organizmda bi'zi bir molekulalar — takiye oqsil yoki RNK Ribonuklein kislotasi —harorat o‘zgarishidan juda qattiq ta'sirlanadi. Shunday qilib, harorat oshganida RNK molekulalari tuzilishi o‘zgaradi — ular o‘girilib olishadi.
«Odatda, inson sochidan 20 ming marta kichik bo‘lgan bunday tabiiy termometrlardan ilhom olgan holda biz qat'iy belgilangan haroratlarda joylasha va o‘girila oladigan turli xil DNK tuzilmalarini yaratdik”, — deya qayd etdi tadqiqot mualliflaridan biri.
Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, ular harorat o‘zgarganida belgi beruvchi kengligi 5 nm bo‘lgan termometrni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. Yaratilgan termometrlardan hattoki hujayralar ichidagi haroratni aniq o‘lchashda ham foydalanish mumkin. Bu esa olimlarga harorat o‘zgarishi ta'sirida hujayralarda sodir bo‘luvchi jarayonlar haqida yangi ma'lumotlar olishda yordam beradi.