O‘zbekiston 2016 yilning 1-choragida 576,6 mlrd so‘mlik kimyoviy mahsulot ishlab chiqargan
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari 2016 yil yanvar-mart oylarida 576,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga ko‘p demakdir.
«O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmatida ma'lum qilishlaricha, hisobot davri mobaynida 51,1 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan. Bu esa, 2015 yil birinchi choragiga nisbatan 10,9 foizlik o‘sishni anglatadi, deb yozadi uzdaily.uz nashri.
Soha ishlab chiqarish quvvatlari birinchi chorakda 328,46 ming tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqqan.
Xususan, 266,1 ming tonna azotli o‘g‘itlar, 35,9 ming tonna fosforli 26,46 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqilgan.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida kimyo sanoati tomonidan 65,44 mlrd so‘mlik mahsulot mijozlarga yetkazilgan.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha AJ tomonidan 42,9 mln dollarlik xorijiy sarmoya o‘zlashtirilgan.