Sport | 08:02 / 27.04.2016
1685
2 daqiqa o‘qiladi

Pellegrini: 0:0 - yaxshi natija

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Real»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan Yevropa Chempionlar ligasi yarim final dastlabki o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz intensiv o‘yin namoyish etdik va yaxshi himoyalandik. Biz golli vaziyatlar yaratish uchun harakat qildik, ammo keyin David Silva jarohat olib maydonni tark etdi va to‘pga egalik qilishimiz qiyinlashdi. Modomiki, yuta olmagan ekanmiz, 0:0 — ham yaxshi natija. Biz raqibning sekin futbol ko‘rsatishga urinishini bilar edik, shuning uchun pressing qo‘llashga harakat qildik. Lekin „Siti“ gol urmadi. Ikkinchi o‘yinda „Real“ hujumda faol bo‘lishiga to‘g‘ri keladi va biz qarshi hujumlardan foydalanishimiz mumkin.

Biz bu mavsumda safar o‘yinlarida yaxshi o‘ynayapmiz. Madridda ham o‘z uyimizda harakat qilgandek erkin bo‘lamiz. Barchasi ikkinchi o‘yinda hal bo‘ladi», — deydi Pellegrini.

U shuningdek, javob uchrashuvida David Silva belidan olgan jarohati tufayli ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan.

Javob uchrashuvi 4 may kuni Madridda, «Santyago Bernabeu» stadionida kechadi.