Jahon | 14:44 / 27.04.2016
1955
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston sayyohlar oqimi ortishi kutilayotgan mamlakatlar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi

Qirg‘iziston yaqin o‘n yil ichida sayyohlar “bum”i kutilayotgan Top-10 mamlakatlari ro‘yxatida yetakchilik qildi. Bu haqida The Telegraph xabar bergan.

World Travel and Tourism Council ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlikdan tushuvchi daromadlar ulushi YaIMning umumiy hajmida har yili 8,2 foizga o‘sadi.

Nashr Qirg‘iziston sayyohlarni vodiylari va tog‘ yonbag‘irlarida otda sayr qildirish bilan qiziqtirishi mumkin, degan fikrni bildirdi.

Shuningdek, tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazish, o‘tovlarda yashab ko‘rish va Sonkel ko‘li sohilida yulduzlarni ko‘rish imkoni haqida gapirilmoqda.

Yaqin kunlarda sayyohlik “bum”i kutilayotgan Top-10 mamlakatlari ro‘yxatiga Myanma, Hindiston, Xitoy, Vetnam va Afrikaning bir qator mamlakatlari ham kiritildi.