Jahon | 11:53 / 27.04.2016
1835
1 daqiqa o‘qiladi

Qochqinlar jamoasi Gretsiya vaziriga suvli idishlar uloqtirdi

Lesbos orolida joylashgan qochqinlar jamoasi Gretsiyaning muhojirlik siyosati vaziri Yannis Muzalasga suv solingan idishlar uloqtirdi, deb yozmoqda Proto Thema.

Ma'lum qilinishicha, qarama-qarshilik 26 aprel tongida, qochqinlarni boshpana so‘rab, yiqqan 400 dan ziyod arizasi rad etilgach, yuz bergan. Muzalas qochqinlar qarorgohida bo‘lganida, u yerdagilar uni xushlamay kutib olgan va o‘z noroziliklarini yuqori holat misolida bildirishgan. Vazirning vaziyatni yumshatishga bo‘lgan urinishi besamar ketgan. Huquq-tartibot organlari ularni tinchlantirmoqchi bo‘lganda, qochqinlar ular ustiga tosh yog‘dirishgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, ayni damda politsiya maxsus kuchlari vaziyatni tartibga soluvchi ishlar olib bormoqda.