Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ritstsoli «Atletiko» va «Barselona» o‘yinida madridliklar darvozasiga penalti belgilamay xato qilganini tan oldi
Italiyalik hakam Nikola Ritstsoli YeChL 1/4 finali doirasidagi «Atletiko» va «Barselona» jamoalari uchrashuvining so‘nggi daqiqalarida madridliklar darvozasiga penalti belgilamasdan xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.
«Himoyachining oyog‘i chiziqdan tashqarida edi. Bu narsa meni chalg‘itdi. Agar futbolda videotakrorlar bo‘lganida bu vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim.
Futbolda barchasi soniyalar ichida hal bo‘ladi, yangi texnologiyalar yordamida biz o‘yinchilarning harakatlarini aniqroq baholashimiz mumkin bo‘lardi.
93-daqiqadagi vaziyatga qadar biz juda yaxshi harakat qilgandik. Ammo birgina xato hakamlik borasida barcha fikrlarni chilparchin qildi», – deydi Ritstsoli.