Sport | 15:31 / 27.04.2016
1386
2 daqiqa o‘qiladi

Rio Olimpiadasi vaqtida Janubiy Koreya terma jamoasini Zika virusidan forma yordamida himoya qilishadi

Janubiy Koreya terma jamoasining formasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarni Zika virusini yuqtiruvchi chivinlardan himoya qiladi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.

Ekipirovka Janubiy Koreya Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) tomonidan namoyish etilgan. Uzun yeng va qalin shimdan iborat to‘plamlar hashoratlarni qochiruvchi maxsus kimyoviy moddalardan foydalanib ishlab chiqilgan. Ushbu formani sportchilar Olimpiya qishlog‘ida kechki marosimlarda kiyishadi.

13 fevralda LDPR partiyasi deputatlari Milliy olimpiya qo‘mitasiga Zika virusining avj olishi munosabati bilan Olimpiadani o‘tkazishdan voz kechishini so‘rab murojaat qilishgan.

8 fevralda AQSh Olimpiya qo‘mitasi 5-21 avgust kunlari Rio-de-Jyeneyroda bo‘lib o‘tadigan O‘yinlarga borish yo bormaslikni amerikalik sportchilarning o‘zlariga havola qilishdi.

Zika bezgagi - o‘tkir infeksion kasallik. Virus Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tarqalgan. Kasallik belgilari orasida bezgak, teri toshmalari va kon'yunktivit qayd etilgan. Zika bezgagidan maxsus davolash kurslari va vaksinalar hozircha mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlari 5 avgustdan 21 avgustga qadar Rio-de-Jyeneyro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish