16:43 / 27.04.2016
1741

Shveytsariya kompaniyasi APL hakamlarini soatlar bilan ta'minlaydi

Shveytsariyaning TAG Heuer soatsozlik kompaniyasi futbol bo‘yicha Angliya Premer-ligasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda tashkilot matbuot-relizida ma'lumot berilgan.

Shartnomaga ko‘ra, premer-liga hakamlari uchrashuv paytida maxsus aynan shu brendga tegishli soatlar bilan ta'minlanishadi. O‘yin vaqtida brend nomi hisob-kitobni ko‘rsatib turuvchi va to‘rtinchi hakam tablosida ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, tashkilot brendi reklama qismlaridan joy oladi.

«Premer-liga bilan hamkorligimiz TAG Heuer kompaniyasining futbol rivojidagi o‘rni alohida ekanini ko‘rsatib beradi», — deydi firma ijrochi direktori Jan-Klod Biver.

TAG Heuer — Shveytsariya kompaniyasi bo‘lib, qo‘l soatlari, xronometr, smartfonlar va ko‘zoynaklar ishlab chiqaradi. O‘z vaqtida kompaniya Stiv Makkuin, Krishtianu Ronaldu, Uma Turman, Lyuis Hemilton va Bred Pitt kabi mashhurlar bilan hamkorlikda ishlagan.

Top