Jamiyat | 14:36 / 27.04.2016
10584
3 daqiqa o‘qiladi

Tajovuzkor qon saratoniga qarshi dori topildi

Tsintsinnati Universitetidagi saraton kasalliklarini o‘rganuvchi tadqiqotchilar o‘tkir miyeloid leykoz nomi bilan tanilgan qonning og‘ir saraton kasalligini irsiyat funksiyalarini boshqaruvchi mikroRNK - ribonuklein kislotaning qisqa molekulalarining ma'lum tipi faolligini kuchaytirib davolash mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida chop etildi.

O‘tkir miyeloid leykoz – leykotsitlarning o‘tmishdoshlaridan kelib chiquvchi oq qon hujayralarining (leykoz hujayralar) tez ko‘payishiga olib keladigan qon to‘qimalarining habis o‘simtasi. Ular qonning normal hujayralari rivojlanishini to‘xtatib, eritrotsit, trombotsit va leykotsitlar sonini kamaytirib, suyak iligida yig‘iladi. Leykoz hujayralarning o‘zi normal oq qon hujayralaridan farqli o‘laroq, organizmni infeksiyadan himoya qila olmaydi.

Labaratoriya sichqonlaridan foydalanilgan yangi tadqiqotda olimlar o‘tkir miyeloid leykozning rivoji miR-22 molekulasining faolligini pasaytirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi.

Bu bog‘liqlik kodlanmagan kichik ribonuklein kislota (RNK) bilan bir sinfga mansub. MikroRNK axborot tashuvchi RNK bilan juftlashganida, uning oqsil va translyatsiya jarayonidagi ishtiroki oldi olinadi.

Avvalgi izlanishlar miR-22ning leykozga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘krak bezi saratoni va qon kasalliklari bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Olimlar miR-22ning sintezi uchun javob beruvchi genning faolligini kuchaytirsa, u holda leykoz hujayralar rivojlanish, o‘sish va ko‘payishda to‘siqlarga uchray boshlaydi. MikroRNKning mazkur tipi saraton bilan bog‘liq ba'zi funksiyalarga bosim o‘tkazadi va kasallikka turtki bo‘luvchi metabolik yo‘llarni bloklaydi.

Leykozning rivojlanishi miR-22 sintezi uchun mas'ul DNKni yo‘qotish bilan izohlanadi, olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, miya iligi hujayrasiga o‘zida mikroRNK bo‘lgan sichqon nanozarralarini yuborsa, uni to‘xtatish mumkin.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir miyeloid leykozga chalingan bemorlarning aksariyati hattoki ximiyaterapiya olsalar-da, besh yil ham yashashmaydi. Shuning uchun ham davolashning yangi effektiv usullarini ishlab chiqish zarur.