16:34 / 27.04.2016
1852

Turkiya bosh vaziri yangi konstitutsiya diniy bo‘lmasligini bildirdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li yangi konstitutsiya cherkovni hukumatdan alohida qiluvchi doktrinani o‘z ichiga olishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bosh vazir ushbu e'lonni Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon mamlakatda musulmonlar ko‘pligini inobatga olgan holda, Turkiyaga diniy konstitutsiya zarurligini ma'lum qilgandan keyin bildirdi.

O‘z o‘rnida Dovudo‘g‘li bunday taklif zamonaviy respublika asosiy prinsiplariga zid ekanini ta'kidladi.

Keyinroq Qahramon o‘zining bayonoti “shaxsiy tasavvurlari” mahsuli ekani va yangi konstitutsiya diniy erkinlikni kafolatlashi lozimligini aytdi.

Top