Jahon | 21:37 / 27.04.2016
2552
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Bursa shahrida xudkush ayol o‘zini portlatdi

Turkiya g‘arbidagi Bursa shahridagi tarixiy tuman Ulu Jamidagi masjid yaqinida terrorchi ayol o‘zini portlatgan.

Mahalliy nashrlar ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash tufayli kamida 10 kishi jarohatlangan.

Portlash Toshkent vaqti bilan soat 19:25da amalga oshirilgan. Hodisa sabablari va boshqa tafsilotlar ma'lum emas.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilgan, hudud atrofi politsiya tomonidan o‘rab olingan.