Twitter aksiyalari chorak hisobotlari tufayli pasaymoqda
Twitter Inc choraklik hisoboti sarmoyadorlarni yana ranjitdi: daromad o‘sishi to‘xtagan, chunki mikrobloglar xizmati murakkab interfeysni yaxshilash evaziga o‘z auditoriyasini zo‘rg‘a ko‘paytirmoqda. Bu haqda Reyter habar berdi.
Twitter aksiyalari 13,6 foizga, ya'ni 15,34 dollargacha tushib ketdi. Bunga seshanba kuni kim oshdi savdosida kompaniya reklama beruvchi yirik korxonalarning xarajatlari kichikligi tufayli umidlarni oqlamaydigan daromadi to‘g‘risida ma'lum qilgani sabab bo‘ldi.
Shuningdek, kompaniyaning ushbu kvartal uchun analitiklar bahosiga nisbatan ancha past prognozi ham aksiyalar narxining tushib ketishiga turtki bo‘ldi.
Twitter yangi foydalanuvchilarni jalb etish masalasida qiyinchilikka duch kelmoqda, chunki uning interfeysi ko‘pchilikka murakkablik qiladi.
Birinchi chorak daromadi yillik ko‘rinishda 36 foizga o‘sdi va 594,5 millionni tashkil etdi. Biroq bu ko‘rsatkich analitiklar kutgan 607,8 million dollardan ancha kam.
Kompaniyaning sof ziyoni 79,7 milliongacha yoki har aksiya uchun 12 sentga kamaydi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 162,4 million dollar yoki har aksiya uchun 25 sent edi.