Fan-texnika | 11:08 / 27.04.2016
2809
2 daqiqa o‘qiladi

Vestminster universiteti talabalariga Beeline‘ning “Uchinchi avlod” dasturi haqida so‘zlab berdilar

27 aprel kuni aloqa operatori Beeline kompaniya xodimlarining Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining (TXVU) III va IV kurs talabalari bilan ko‘chma uchrashuvi o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar beradi.

“Bizning kompaniyamiz va Halqaro Vestminster Universitetini ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik va qadrli kadrlarni ishga joylashtirish birlashtiradi, — deydi Unitel‘ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova. — Bu munosabatlar ishonch va katta tajribaga asoslangan, chunki bu yerda ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlar, shu borada IT va menejment bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlanadi. Ishonaman, ushbi foydali tadbir doirasida iste'dodli bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi, va ular ish taklifini qo‘lga kiritadilar”.

Uchrashuv davomida talabalar dastur va unda ishtirok etish imkoniyatlari haqida barcha qiziqtirayotgan savollarni berdilar, shuningdek, Unitel MChJning informatsion texnologiyalar direksiyasi hamda xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiyasining xodimlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamizki, “Uchinchi avlod” stajirovka dasturida ishtirok etish uchun arizalar graduate@beeline.uz elektron manziliga O‘zbekistonning barcha oliygohlaridagi III va IV kurs talabalardan, shuningdek, yaxshi o‘zlashtirish darajasiga ega bo‘lgan magistrantlardan qabul qilinadi. 2016 yilda dastur doirasida tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, shuningdek shartnomalar tuzish va logistika xizmati bo‘limida amaliyot o‘tash ochilgan.