Jamiyat | 16:47 / 27.04.2016
2874
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi uy jonivorlari qabristoni mashhur bo‘lib ketdi

Pekinda joylashgan uy hayvonlari qabristoni mahalliy aholi o‘rtasida ommalashib ketdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Bayfudagi qabr toshlarida “Jannatda og‘riq yo‘q. Ruhing orom topsin. Bu dunyoda ham u dunyoda ham men hamisha seni qalbimda saqlayman”, “Mening baxt farishtam, mening bir umrlik muhabbatim” kabi yozuvlarga duch kelish mumkin.

Qabristonga 2005 yilda asos solingan. Bu yerdan joy buyurtma qilish narxi har kvadrat metr uchun 2 ming yuan (220 yevro), plyus qabrni bezatish va 50 yuan (5,5 yevro) qiymatidagi xarajatlar.

Bayfu hududida kuchuk, mushuk, quyon, baliq, o‘rdaklar dafn etilgan. Bu yerda hatto gorilla va toshbaqalarning ham qabri bor.

Marhum jonivorlarning egalari muntazam ravishda qabrlarni ziyorat qilib turadi. Bayfuning ko‘pchilik mijozlari buddistlar. Ular marhum jonivorlarga qurbonliklar qilish ularga u dunyoda ko‘mak berishiga ishonadilar. Eng ko‘p keltiriladigan qurbonliklar – yemish, o‘yinchoqlar va hokazo.

Pekinda umumiy hisobda taxminan 10ta jonivorlar qabristoni bor.