Jahon | 12:47 / 28.04.2016
1905
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda o‘tkazilgan amaliyot natijasida 6 nafar jangari o‘ldirildi
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyati hududida o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot natijasida 6 nafar jangari yo‘q qilingan. Bu haqda Khaama Press xabar tarqatgan.
Mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, afg‘on harbiylari 28 aprelga o‘tar kechasi jangarilar hujumiga yo‘liqqan. Hukumat harbiylari qarshi hujumga o‘tishgan va otishmalar davomida 6 nafar jangari yo‘q qilingan. Harbiylarning yo‘qotishlari haqida ma'lumot yo‘q.