Jamiyat | 12:06 / 28.04.2016
2789
1 daqiqa o‘qiladi

Agrar universiteti olimlari og‘irligi 1 kilogrammli limon navini yaratishdi

Toshkent davlat agrar universiteti olimlari to‘qqizinchi hududiy innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida mevasining og‘irligi 1-2 kilogrammgacha yetadigan yangi limon navini namoyish etishdi. Bu haqda uz24.uz xabar bergan.

Yangi texnologiyalar asosida yetishtirilgan ushbu meva navi ekilganidan to‘rt yil o‘tib hosil bera boshlaydi. Oddiy limon navi esa besh yilda hosil beradi. Yangi nav yuqori hosildorligi bilan ham ajralib turadi – bir gektar yerdan 70-75 tonna limon yetishtirish mumkin.