Iqtisodiyot | 07:48 / 28.04.2016
2264
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Federal zaxira tizimi tayanch stavkasini o‘zgartirmaslikka qaror qildi

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) navbatdagi yig‘ilish yakunlariga ko‘ra asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz, ya'ni yillik 0,25-0,5 foiz miqdorida qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bu qaror tahlilchilarning prognozlari bilan mos kelgan.

"FZTning ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi iqtisodiy sharoitlar tayanch stavkasini bosqichma-bosqich oshirish uchungina asos bo‘ladigan tarzda rivojlanishiga umid qilmoqda. Stavka, ehtimol, ma'lum muddat davomida uzoq muddatli istiqbolda ustun bo‘ladigan darajadan pastroq qoladi. Stavkaning joriy trayektoriyasi iqtisodiy salohiyatlarga bog‘liq bo‘ladi", deyilmoqda xabarda.   
O‘tgan hafta Reuters agentligi FZT tayanch stavkani navbatdagi yig‘ilishda avvalgi darajada saqlab qolishi, biroq keyin uni bir yilda ikki marta ko‘tarishi mumkinligi prognoz qilingan hisobotni taqdim qilgandi.