BMT Suriya bo‘yicha muzokaralarning may oyida tiklanishiga umid qilmoqda
BMT may oyida Suriyadagi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni qaytadan boshlashga umid qilmoqda. Bu haqda BMT Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaga asoslanib, Associated Press xabar bergan.
U Xavfsizlik kengashi brifingidan keyin Rossiya va Qo‘shma Shtatlar bu masalaga, ya'ni muzokaralarning o‘tkazilishiga "oliy darajada yondashishi" kerakligini qayd etgan.
Bundan oldinroq, de Mistura Suriyadagi ziddiyatga aloqador tomonlarning umumiy ro‘yxati tayyorlangani haqida ma'lum qilingandi.
Suriya muxolifati o‘tgan haftada Bashar Asad hukumati bilan sulhga amal qilishni to‘xtatgandi. Bunga hukumat qo‘shinlari muxoliftga o‘t ochishda davom etayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, kelishuvning boshqa shartlari, jumladan asirdagilar qaytarilmagani aytilgan.