Fan-texnika | 19:21 / 28.04.2016
2389
1 daqiqa o‘qiladi

BMW kompaniyasi AQSh paralimpiyasi uchun yangi aravacha ishlab chiqarmoqda

BMW kompaniyasining Amerikadagi bo‘limi AQShning paralimpiya jamoasi uchun yangi poyga aravachalarini yaratdi. Atletlar bu aravachalardan sentabr oyida bo‘lib o‘tuvchi Rio-de-Janeyrodagi o‘yinda foydalanishi maqsad qilingan.

BMW kompaniyasi amerikalik paralimpiyachilar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan mazkur aravachaga avvalgilariga nisbatan ancha yaxshiroq bo‘lgan aerodinamika o‘rnatishdi va shassini qaytadan ishlab chiqishdi. Dizaynini yaratishda karbondan foydalanildi. Aravachalar har bir sportchi uchun individual sozlash parametrlariga ega bo‘ladi.

BMW kompaniyasi aravachalarni yaqin oylarda tezroq ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Aravachalar AQSh terma jamoasiga yozda yetkazilib berilishi kutilmoqda.