O‘zbekiston | 15:25 / 28.04.2016
5480
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya matbuoti O‘zbekistondagi uch shoxli sigir to‘g‘risida xabar berdi

O‘zbekistonlik mahalliy aholi vakillari mobil telefonga g‘aroyib sigirni videosuratga oldi. Sigirning shoxlari odatdagidek bir juft emas, balki uchta. Uchinchi shox, xuddi afsonaviy jonivorlarnikidek, jonivor kallasining qoq markazida joylashgan.

Bu kadrlar Britaniya matbuotining e'tiborini tortdi. Mirror, Daily Mail va Express nashrlar g‘aroyib sigir to‘g‘risida yozishga ham ulgurdi. Kadr ortida so‘zlayotgan odamning so‘zlariga ko‘ra, sigir 2011 yili dunyoga kelgan. Bir oy o‘tib, uning egasi uchinchi shoxni sezilib qolgan.