Coca-Cola zavodlaridan birining direktori qotilligida gumonlanuvchi aybdor deb topildi
Sankt-Peterburgda hukm chiqaruvchilar sudi bir ovozdan Vyacheslav Finogenovni Coca-Cola zavodi direktori Dmitriy Soshnevning qotilligida aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
"Hukm chiqaruvchilar bir ovozdan ayblov hukmini chiqardilar. Sudlanganlardan biri Denis Chxitauri ayblovning giyohvand moddalarni saqlash qismi bo‘yichagina oqlandi", deb ma'lum qilindi sud matbuot xizmatida.
Ta'kidlanishicha, Soshnev Chxitauridan giyohvand modda xarid qilib yurgan va qotillik kuni u bilan uchrashuv belgilagan.
Tergov taxminiga ko‘ra, 2014 yil noyabrida Finogenov va Chxitauri aldov yo‘li bilan Soshnevga garajlar oldida uchrashuv belgilagan. U yerda Finogenov Soshnevga ov quroli obrezidan o‘q uzib, uni o‘ldirgan.
Ayblanuvchilar voqea joyidan Soshnevga tegishli bo‘lgan 160 ming rubl, "BMV" avtomobili va uning hujjatlarini o‘g‘irlab ketishgan. Jinoyatchilar avtomobilni bir millionga sotmoqchi bo‘lishgan.