Nike Converse kompaniyasining boshqaruvi lavozimiga o‘zgartirish kiritdi
Converse firmasining rivojlanishini nazorat qiluvchi Nike kompaniyasi unga yangi bosh direktorni sayladi. Pambianconews xabar berishicha, kompaniyada 20 yildan beri faoliyat olib borayotgan italiyalik Davide Grasso Converse direktori etib tayinlandi. Sobiq direktor Jim Kalxun esa o‘zining yangi qiziqishlari bilan shug‘ullanish maqsadida kompaniyani tark etgani ma'lum bo‘ldi.
Bu lavozimlardagi yagona o‘zgarish emas. Global Brand Creative and Experience yo‘nalishining vitse-prezidenti Greg Hoffman marketing bo‘yicha direktorga aylandi. Nike oyoq kiyimlari bo‘limini boshqaruvchi rahbar Maykl Spilleyn esa mahsulot va merchendayzing departamentining prezidenti lavozimiga ko‘tarildi.
Converse kompaniyasi 1908 yilda o‘z ish faoliyatini boshladi. Brendga Massachusets shtatining Medlen shahrida Converse Rubber Shoe Company firmasini ochgan Markus Konvers asos soldi. 1917 yilda u basketbol o‘yini uchun oyoq kiyimlar ishlab chiqarishni boshladi. All Star deb nomlanuvchi model basketbolchi Chak Teylor sharofati bilan mashhur bo‘lib ketadi. 1921 yilda u kompaniya yuziga aylanadi, uning imzosi esa All Star logotiplariga muhrlandi. Hozirgi vaqtda mazkur model tarixida eng ko‘p sotilgan oyoq kiyim hisoblanadi. Ayni damda Converse rivojiga Nike kompaniyasi javobgar.