Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: belgiyaliklarga nurlanishga qarshi dorilar tarqatiladi
Belgiya fuqarolariga radiatsiyaning inson tanasiga salbiy ta'sirini kamaytirishda yordam beruvchi tarkibida yod miqdori ko‘p bo‘lgan tabletkalar tarqatiladi. La Libre Belgique gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Meggi de Blok so‘zlariga tayangan holda shunday xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar nurlanishga qarshi xapdorilar mamlakatdagi AES hududidan 20 km. radiusda istiqomat qiluvchi aholiga tarqatilar edi. Yangi qarorga binoan radius masofasi 100 km.ga o‘zgartirildi. Endilikda, AESning joylashuvi hisobga olinadigan bo‘lsa, mamlakatning barcha fuqarolari radioaktiv xavfli hududda istiqomat qiladigan bo‘lishdi.
Bundan avval, Belgiyaning "Dul" AES reaktori avtomatik tarzda to‘xtab qolgan edi.