Jahon | 19:24 / 28.04.2016
4555
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bug‘doy eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi sifatida qayd etildi

Rossiya jahon bozoriga bug‘doy eksport qilish bo‘yicha Kanada va AQShni ortga qoldirgan holda yetakchilik mavqeini egalladi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev ma'lum qilgan.

Qishloq xo‘jaligi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, joriy qishloq xo‘jaligi yilida (2015 yil 1 iyuldan 2016 yilning 30 iyuniga qadar) bug‘doy eksporti rekord darajaga — 24-25 million tonnaga yetgan. Vazirlik vakillarining ta'kidlashicha, bunday darajaga o‘rim-yig‘im hajmini 4 foizga oshirish orqali erishilgan.

Tkachev joriy yilning fevral oyida yaqin o‘n yillikda mamlakat eksport qiladigan bug‘doy hajmi yiliga 50 million tonnaga yetishini aytgan edi. 8 fevralda AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi e'lon qilingan prognozga ko‘ra, Rossiyadan bo‘ladigan bug‘doy eksport hajmi qishloq xo‘jaligi yilida 23,5 million tonna bo‘lishi aytilgan edi.