Iqtisodiyot | 18:06 / 28.04.2016
2412
1 daqiqa o‘qiladi
Samsung operatsion foydasi birinchi chorakda 12 foizga o‘sdi
Samsung kompaniyasi 2016 yil birinchi chorak uchun iqtisodiy hisobotini ma'lum qildi. Bu haqda Nasdaq xabar bergan.
Yilning birinchi uch oyida kompaniyaning umumiy daromadi 48,78 trillion vonni (43,33 milliard dollar) tashkil etdi. Bu o‘tgan yil shu davr ko‘rsatkichlaridan 5,7 foizga ko‘p. Samsung operatsion foydasi esa 12 foizga zsdi va 6,68 trillion vondan (5,81 milliard dollar) iborat bo‘ldi. Bu esa kompaniya kutgan raqamlardan ko‘ra 4 foizga ortiq.
Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga Samsung Galaxy S7 smartfonining ishlab chiqilishi hamda mahsulotning muvaffaqiyatli savdosi sabab bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya mahsuloti hisoblanmish OLED-panellar, mikroprotsessorga bo‘lgan talabning oshgani ham yuqori samaradorlikka zamin yaratgan.