Samsung Apple'dan smartfonlar bozoridagi yetakchilikni tortib oldi
KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning so‘ngida taqdim etiluvchi iPhone’ning navbatdagi avlodlari ayfonlar sotuvi hajmining keskin tushib ketishini to‘xtatib qola olmaydi. Shunday qilib, Galaxy S7 flagmani tufayli Samsung kompaniyasi dunyo bozorida smartfonlar sotuvi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Min-Chi Kuo keltirib o‘tgan ma'lumotlarni IDC tahlilshunoslari ham tasdiqlashdi.
Samsung 2015 yilning birinchi mavsumidagi 81,9 millionga yaqin smartfonlarga solishtirganda, joriy mavsumda 82,4 millionta qurilmalarni sotishga muvaffaq bo‘lgan. Apple uchun birinchi mavsum omadsiz keldi: bor-yo‘g‘i 51,2 millionta iPhone sotildi, bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning anologik davriga nisbatan 10 millionga kamroqdir.
Sotilish ko‘rsatkichi bo‘yicha uchinchi o‘rinda 27,5 millionga yaqiye qurilmalarni sotishga muvaffaq bo‘lgan Huawei kompaniyasini ko‘rish mumkin. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga xitoylik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Oppo va Vivo joylashdi.