Texnologiya | 11:23 / 28.04.2016
1865
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX kompaniyasi 2018 yilda Marsga yuk kemasini uchiradi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 2018 yilda Marsga bir necha yuk kemalarini yuborishni rejalashtirdi. Bu haqida kompaniya o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Marsga hozirda MKSga yuklarni yetkazib berishda foydalaniluvchi Dragon mashinalari yuboriladi. Keyinroq, Ilon Mask mazkur vazifani bajarishga Quyosh tizimining istalgan yerida qo‘na oladigan Dragon 2 kemalari uchirilishini qayd etdi.

Kompaniya qancha miqdorda kemalar yuborilishi haqida aniq ma'lumot keltirmagan. Maskning so‘zlariga ko‘ra, Marsga qilinuvchi parvoz yangi yuk mashinalari uchun sinov bo‘la oladi. Uning fikricha, Dragon 2da astronavtlarning sayohat qilishi uchun imkon yo‘q, sababi kemaning ichki joylashuvi mashina kabinasi hajmiga o‘xshashib ketadi.

SpaceX xabariga muvofiq, Red Dragon kemalarini yetkazib berish vazifasi Falcon 9ning «kuchaytirilgan» talqini bo‘lmish Falcon Heavy raketasiga topshiriladi. Agar vazifa muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, SpaceX boshqa planetada kema qo‘ndira olgan birinchi xususiy kompaniyaga aylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish