Toshkentda o‘tkazilayotgan armrestling bo‘yicha XV Osiyo chempionatining dastlabki g‘oliblari nomi ma'lum bo‘ldi
Toshkentda davom etayotgan armrestling bo‘yicha XV Osiyo chempionatining dastlabki kunida o‘smirlar, kattalar, faxriylar va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar bahslashdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
O‘smirlar o‘rtasida o‘zbekistonlik sportchilardan Sanjar Yo‘ldoshev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Javohir Latipov, Alibek Obloqulov, Ma'murjon Rustamov, Hasan Rahmonqulov, Muxlisa Tursunboyeva, Navro‘za Abdurahimova kumush, Hasan Mo‘minov, Alisher Dehqonboyev, Zohir Fayzullayev, Mirzodbek Jo‘raqulov, Vladimir Bondar, Nozima Anvarova, Mohinabonu G‘aybullayeva, Shahnoza Abdurahmonova bronza medal bilan taqdirlandi.
Kattalar va faxriylar o‘rtasida Sultonbek Ne'matullayev, Aleksandr Kravets, Xayriddin Zaynilov, Igor Shishkov shohsupaga ko‘tarildi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda Feruzbek Boymurodov, Sardor Xudoyberdiyev, Hayitmurod Sariboyev, Otabek Qo‘chqorov, Alisher Turg‘unov, Abdulsamad Bobomurodov, Azamat Dehqonov, Sherzod Usmonov, Aziz Otaxo‘jayev, Doniyor Mirzayev, O‘lmas Muhiddinov, Yelena Abbosova, Gulnoza Mamatqulova, Nargiza Azimova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.