18:02 / 28.04.2016
1707

Valbuena Benzemaning nogiron muxlisiga hamla qildi

«Lion» jamoasi yarimhimoyachisi Mate Valbuena Tuluza aeroporti hududida nogiron kishiga hamla qilgan va uning telefonini sindirib tashlagan.

France Football xabarida yozilishicha, uning g‘azabiga duchor bo‘lgan shaxs 38 yoshli Yusuf bo‘lib, u Benzemaning muxlisi hisoblanadi.

U o‘z o‘g‘liga Valbuenani quo‘li bilan ko‘rsatib "Shu tufayli Karim Benzema Yevropa chempionatiga bora olmaydi", degan.

"Ha, men yaxshi gap aytmagandim, lekin Valbuena bu gap tufayli o‘z ustidan nazoratni yo‘qotishi kerak emasdi. U omma uchun taniqli shaxs va bunday kishilar o‘zini bosa olishi kerak. U pitbulga aylandi va meni qopmoqchi bo‘ldi. Men undan kuchsizman, qolaversa nogiron hamman. Bu voqeadan larzadaman va kechalari uxlay olmayapman. Shifokor menga antidepressantlar iste'mol qilishni buyurdi", degan jabrdiyda muxlis.

14 aprel kuni Fransiya futbol federatsiyasi Karim Benzemaning 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etmasligini bildirdi.

2015 yilning 10 dekabrida federatsiya Mate Valbuenani shantaj qilish ishi yuzasidan 2015 yilning dekabrida Benzemani terma jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi.

Top