O‘zbekiston | 15:32 / 29.04.2016
5901
1 daqiqa o‘qiladi
1 maydan Hojikentga elektr poyezd qatnay boshlaydi
Bahor—yoz mavsumida yo‘lovchilarchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 1 maydan boshlab 6427/6428-sonli tezyurar Toshkent—Hojikent—Toshkent elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Poyezd haftaning shanba va yakshanba kunlari Janubiy vokzaldan soat 06:30da jo‘nab ketib, Hojikent bekatiga soat 08:10da yetib boradi. Hojikent bekatidan ortga qaytish esa soat 18:10da boshlanib, Janubiy vokzalga soat 19:50da yetib kelinadi.
Chipta narxi 6000 so‘m.