Jahon | 10:21 / 29.04.2016
2048
1 daqiqa o‘qiladi
"AvtoVAZ" may bayramlari munosabati bilan konveyerni to‘xtatdi
"AvtoVAZ" avtomobilsozlik kompaniyasi may bayramlari munosabati bilan avtomobil ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Kompaniya matbuot xizmatida 4 kunlik ish tartibi va bayramlar sababli 29 apreldan 9 maygacha avtomobillar ishlab chiqarilmasligi ma'lum qilindi.
Kompaniya tarkibiga kiruvchi "Ijyevsk avtozavodi"da konveyer 30 apreldan 9 maygacha to‘xtatiladi.
Zavodlarda faqatgina qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlargina qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 1 may Bahor va mehnat bayrami, 9 may esa Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba munosabati bilan G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.