Jamiyat | 18:14 / 29.04.2016
7547
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda “Ta'lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Mazkur ko‘rgazma viloyat hokimligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, xalq ta'limi, mehnat boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya hamda Toshkent davlat stomatologiya institutlarining Buxoro filiallari, shuningdek, viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘z ta'lim yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilgan qulayliklarni ishlanma, videorolik, banner va tarqatma materiallar orqali namoyish qildi.

Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 142 korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 418 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.