Jahon | 22:02 / 29.04.2016
2769
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki britaniyalik Parij va Bryusseldagi teraktlarni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Birmingem sudi ikki erkakka Parij va Bryusseldagi portlashlarni moliyalashtirish bo‘yicha ayblov qo‘ydi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Tergov taxminiga ko‘ra, ayblanuvchilar Muhammad Ali Ahmad va Zakariyo Bufassil iyulda hujumlar tashkilotchilariga 3 ming funt sterling o‘tkazib bergan. Pullarni Bryussel aeroportidagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan "shlyapadagi odam" Muhammad Abriniy olgan.

Shuningdek, Birmingemda Ali Ahmad bilan 2015 yilda teraktlar tayyorlagan Sumayyo Bufassil ham qo‘lga olindi. 

Gumonlanuvchilar aprel o‘rtalarida hibsga olingan. Keyingi sud jarayoni 13 mayga belgilandi.