Neymar 2015 yilda 9 million dollar evaziga samolyot xarid qilgani ma'lum bo‘ldi
«Barselona» klubining braziliyalik hujumchisi Neymar 2015 yilning avgustida qimmatbaho xarid amalga oshirgan.
Globo Esporte nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli bu futbolchi 9 million dollar sarflab, Cessna Citation 680 rusumli havo kemasini xarid qilgan.
Bu samolyot bortiga 12 yo‘lovchini sig‘dira oladi hamda 5 ming km yuqorilikda 890 km/s tezlikda harakatlana oladi. Uning xarajatlari Neymar Sport e Marketing firmasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.
So‘nggi vaqtlarda Neymar Braziliya hamda Ispaniyada soliqlardan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq bir necha mojaroga aralashib qolgan. U Braziliya g‘aznasiga 2011-2013 yillar mobaynida 16 mln dollar miqdoridagi soliqlarni to‘lamagani aytilgan.
Shu tufayli futbolchiga tegishli bo‘lgan mol-mulkning bir qismi musodara ham qilingan. Xususan, 2015 yil Braziliya sudi Neymarning 47 million dollarlik mol-mulkini xatlashga qaror qilgandi. 2016 yilning fevralida esa sud uning hisobini bloklab qo‘ydi.
Bundan tashqari, futbolchining qimmatbaho yaxtasi va vertolyoti olib qo‘yilgan.