Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Moskvada qizchani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan enaga aqli noraso deb topiladi
Moskvada 29 fevralda o‘zi enagalik qilgan 4 yoshli qizchani o‘ldirib, so‘ngra "Oktyabrskoye pole" metro stansiyasida qizchaning boshi bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova psixiatrik ekspertiza natijalariga ko‘ra ong-shuursiz deb topiladi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Ayolning aqli rasoligini tekshirgan V.P.Serbskiy nomidagi ijtimoiy va sud psixiatriyasi Davlat ilmiy markazi mutaxassislari yaqin kunlarda tergovga sud-tibbiyot psixologik-psixiatrik ekspertizasi xulosasini topshiradilar. Shifokorlarning fikricha, Boboqulova o‘sh qilmishlariga to‘liq javob beradigan darajada emas. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, shifokorlar ayol jinoyatni aqli noraso holatda amalga oshirgan, degan xulosaga kelishgan.
Shunga ko‘ra, ko‘rinishicha qotillikni amalga oshirgan ayol majburiy ruhiy davolanishga yuboriladi.
Ayni vaqtda qotil "Butirka" tergov izolyatorining ruhiy kasallar shifoxonasida saqlanmoqda.
Avvalroq Boboqulova ruhiy ekspertizadan o‘tgani, biroq ekspertiza natijalari tergov va shifokorlik siri ekanligi ma'lum qilingandi.
Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, ayol o‘z vatanida ham ruhiy kasallikdan davolangan.