Sport | 16:41 / 29.04.2016
2705
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U19 Saudiya Arabistoniga birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Al-Horba shahrida yig‘in o‘tkazayotgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni U19 jamoasi bilan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

28 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning to‘rtinchi daqiqasidayoq 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan saudiyaliklar hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o‘tib, hisobdagi farq ikkitaga yetdi.

O‘zekiston yoshlar terma jamoasi hisobni ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Sharof Muhitdinov kiritgan gol evaziga qisqartirishga erishdi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida Saudiya Arabistoni yoshlari yana bir b0or penalti tepish imkoniga ega bo‘ldi va uni aniq amalga oshirdi.

Bobir Abduxoliqov esa 79-daqiqada uchrashuvdagi so‘nggi golni kiritdi – 3:2.

Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
28.04.2016, Al-Xobar
Saudiya Arabistoni U19 – O‘zbekiston U19 3:2
O‘zbekiston gollari: Sharof Muhitddinov (59), Bobir Abduxoliqov (79)

O‘zbekiston U-19: Umid Hamroyev, Husniddin G‘ofurov, Islom Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Ilhom Alijonov, Nurillo To‘xtasinov, Sharof Muhitdinov, Suxrob Nurillayev, Sanjar Qodirqulov, Bobir Abduxoliqov.

Zaxira: Umid Ergashev, Jasur Yaxshiboyev, Behzod G‘anijonov, Islom Kenjaboyev, Abduqodir Ortiqov, Tursun Rahimberdiyev, Bilol Toshmirzayev, Mirjahon Mirhamdamov, Oybek Rustamov, Usmonali Usmonaliyev.