Pekinda "ShHT maysazori" ochilishi marosimi o‘tkazildi
Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekin shahridagi bosh qarorgohida "ShHT maysazori" ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
"ShHTning yam-yashil maysazorida 6ta davlat nomidan o‘tqazilgan qarag‘ay daraxtlari osmonga bo‘y cho‘zgan. Bu ShHTning konstruktiv hamkorligi rivojlanib kelgani ifodasidir", degan tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, abadiy yashil tusda turuvchi bu daraxtlar tashkilotning 15 yillik faoliyatining qiyosidir.
Maysazorning ochilish marosimida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etgan.
"Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston TIV delegatsiyalari rahbarlari joriy yilda 15 yoshga to‘lgan tashkilotning o‘suvchi salohiyatinining ramzi bo‘lgan daraxtlarni o‘tqazdilar", deyiladi O‘zbekiston TIV sayti xabarida.
Hozirgi paytda ShHT 6ta a'zo davlatlar, 6 ta kuzatuvchi davlatlar (Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston) va 6ta muloqot bo‘yicha sheriklarni (Armaniston, Kambodja, Nepal, Ozarbayjon, Turkiya va Shri-Lanka) qamrab olgan.