Jamiyat | 15:53 / 29.04.2016
2402
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonlik erkak avtomobil salonida o‘zini osib o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bir erkak avtomobil salonida o‘zini osib o‘ldirishga harakat qildi. Bu haqda shahar tez tibbiy yordam markazi ma'lum qilgan.
27 yoshli erkakning qarindoshlari aytishicha, u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Bunga aynan nima sabab bo‘lgani aniq emas.
Jabrlanuvchi Milliy shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Unga “miya komasi” tashxisi qo‘yilgan.