Jamiyat | 12:03 / 29.04.2016
6975
2 daqiqa o‘qiladi

Taomlarning eng yaxshi fotosuratlari tanlovi g‘olibi e'lon qilindi

Kuni-kecha taomlarni suratga oluvchi suratkashlar tanlovi Pink Lady Food Photographer 2016 g‘oliblari nomi ma'lum qilindi.

Mark Benam ismli fotografning surati tanlovda 1-o‘rinni oldi. U taqdim qilgan suratda pishiriqchi xamirni aralashtirayotganda un bo‘laklari go‘yoki portlagandek har qayoqqa tarqalayotgani aks etgan. Tanlovning 40 hakami bu suratni 1-o‘ringa loyiq deb topdi.

Albatta, tanlov tashkilotchilari yeguliklarni smartfonlarga oluvchilar uchun alohida nominatsiya tashkil qilishdi. Bu yo‘nalishda britaniyalik Lyusi Poup rang-barang bolalar tushligi surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Alohida mukofot fud-blogerlarga ham berildi. Bu mukofotni kalmar paypaslagichlari va qora makaronlarning "qorishuvini" suratga olgan Olimpiya Devis yutdi.

"Eng qaymog‘i" nominatsiyasida patnisdagi sakkizoyoqni muz bo‘laklari bilan suratga olgan chexiyalik Petra Novotna yutdi.

Tanlovga o‘z ishlarini yuborgan fotograflar nafaqat yeguliklarni, balki ularning tayyorlanishi jarayonlari suratlarini ham yuborishgan. "Bayramlar uchun yegulik" nominatsiyasida Bangladeshdagi katta oshxonaning suratini yuborgan Shoeba Faruki yutdi. Suratdagi oshxona po‘lat quyuvchi zavodni yoki naqd "jahannamni" o‘zini eslatib yuboradi.

Suratlar orasida, shuningdek, yaqin orada taomlar bilan nima sodir bo‘lishi aks etgan suratlar ham bo‘ldi. "Hosil" yo‘nalishida ukrainalik Viktoriya Moskalenkoning cho‘pon va qo‘ylar podasi surati g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, sof san'at toifasiga mansub suratlar ham bo‘ldi. Shunday ishlar orasida Syuzen Bellning "Losos bilan natyurmort" surati ta'kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, tanlov hakamlar hay'ati boshqa ko‘plab ishlarni ham munosib baholadi. Bu suratlarni tanlov saytida ko‘rish mumkin. Yoqimli ishtaha!