Xakerlik hujumlarining yangi turi odamlar hayotiga xavf solmoqda
Xakerlik hujumlarining yangi turi nafaqat kompyuterlarni, balki buyumlar internetiga ulangan qurilmalar, jumladan tibbiyot qurilmalarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Bu haqda CBS yozmoqda.
Kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan Endgame kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda tovlamachilik maqsadida amalga oshirilayotgan xakerlik hujumlari turlarining keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Agar 2015 yilda 10 ta yangi xakerlik hujumlari turi yaratilgan bo‘lsa, 2016 yilda ularning soni xalitdan 12 tadan oshdi.
Ekspertlarning aytishicha, biroq asosiy xavf shundaki, hujumlar buyumlar internetiga ulangan qurilmalarga ta'sir qilishi mumkin. Bunga avtomobil va taqib yuriluvchi tibbiyot qurilmalarini ham kiritish mumkin.
AQShdagi Hayotni ta'minlash obektlari texnologiyalari institutining ilmiy xodimi Jyeyms Skottning ta'kidlashicha, odamlar zararli dasturlardan zararlanish xavfiga faqatgina kompyuterlar uchrashi mumkin, deb o‘ylashga ko‘nikib qolganlar, bu orada xakerlar mobil va hattoki taqib yuriluvchi qurilmalarga ham yetib keldilar. Tadqiqot institutining bu muammoga bag‘ishlangan aprel oyidagi hisobotida Skott tovlamachilar internetga ulangan kardiostimulyatorlar yoki insulin pompalarga ham hujum qilishi va shu tariqa odam hayotiga suiqasd qilishi mumkinligini yozdi.
Ekspert bunga uchramaslik uchun bunday qurilmalar ulanadigan qurilmalarni zararli dasturlar bor-yo‘qligiga tekshirish lozimligini tavsiya qilmoqda. U, shuningdek, internetda o‘z haqidagi ma'lumotni iloji boricha kamroq berishga, chunki jinoyatchilar u yoki bu internet-foydalanuvchiga bu ma'lumotlar asosida qiziqish bildirib, bu ma'lumotlarga tayangan zararli maktublar yo‘llashi va shu bilan potensial qurbonning e'tiborini tortishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.