Jamiyat | 10:18 / 30.04.2016
5537
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda homilador ayolning homilasiga tajovuz qilgan ayol 100 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

AQShning Kolorado shtati sudi 36 yoshli Daynel Leynni boshqa bir homilador ayolning homilasini zo‘ravonlik bilan tashqariga chiqarib olgani uchun 100 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Leyn 27 yoshli jabrdiyda Mishel Uilkinsni o‘z uyiga homiladorlar uchun kiyim sotish bahonasi bilan taklif qilgan. Ayollar bir soatcha gaplashishgandan keyin, Leyn homilador ayolga tashlanib, uning boshiga yorug‘lik lampasi bilan bir necha bor tushirgan, so‘ngra uni bo‘g‘a boshlagan. Ayol hushini yo‘qotganda, jinoyatchi ikkita pichoq yordamida uning qornini yorib, homilasini tashqariga chiqarib olgan.

Sud hakami Mariya Berkenkotter Leynni qotillikka suiqasd ayblovi bilan 48 yillik va homiladorlikka noqonuniy chek qo‘yish ayblovi bilan 32 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Jinoyatchi ayol qolgan 20 yillik qamoq jazosini hujum qilganlik ayblovi bo‘yicha oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish