Jahon | 14:59 / 30.04.2016
2794
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dod yaqinidagi portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Iroqning Bag‘dod shahri sharqida joylashgan Naxravan tumanida sodir bo‘lgan terakt oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 40 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda Alsumaria telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, portlash vositasi sifatida avtomobildan foydalanishgan. U Naxravan tumanidagi aholi yashash maskanida portlatilgan.
Telekanal manbasining ma'lum qilishicha, buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 37 kishi jarohatlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Jabrlanganlarning barchasi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonalarga joylashtirilgan.
Portlash javobgarligini hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.