Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga, 32-tur: "Bavariya" Bundesligada chempionlikni barvaqt rasmiylashtira olmadi
Germaniya Bundesligasining 32-turida "Bavariya" o‘z maydonida Myonxengladbaxning "Borussiya"si bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd qildi.
Hisob mezbon jamoa o‘yinchilari tomonidan Tomas Myullerning aniq zarbasidan keyin 6-daqiqadayoq ochildi. Xosep Gvardiola shogirdlari uchrashuvning borishini nazorat qildilar, biroq kutilmaganda 72-daqiqada Andre Xanning aniq zarbasidan keyin to‘p o‘tkazib yubordilar.
Shu tariqa, "Bavariya" chempionlikni muddatdan avval rasmiylashtira olmadi.
"Bavariya" 82 ochko to‘plab, 1-o‘rinda qolmoqda va o‘zidan keyin kelayotgan Dortmundning "Borussiya"sini 5 ochko ortda qoldirmoqda. Myonxengladbaxning "Borussiya"si esa 49 ochko to‘plab, "Gerta" bilan 4-o‘rinni bo‘lishmoqda.
Germaniya Bundesligasi, 32-tur
Bavariya – Borussiya M – 1:1
Gollar: Myuller, 6 (1:0); Xan, 72 (1:1).
Dortmundning "Borussiya"si esa o‘z maydonida "Volfsburg"ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. G‘oliblar safida gollarni Sindzi Kagava, Adrian Ramos, Marko Roys va Per-Emerik Obameyyang (dubl) kiritdilar, mehmonlar safida nufuz golini Andre Shyurrle kiritdi. Shu g‘alaba evaziga Tomas Tuxel shogirdlari chempionatning tugashiga 2 tur qolganda peshqadam "Bavariya"ning xatosidan foydalanib, u bilan oradagi farqni 5 ochkoga keltirishdi.
Borussiya D – Volfsburg – 5:1
Gollar: Kagava, 7 (1:0); Ramos, 9 (2:0); Roys, 59 (3:0); Obameyyang, 77 (4:0); Obameyyang, 78 (5:0); Shyurrle, 86 (5:1).
Qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:
Gannover-96 – Shalke-04 – 1:3
Gollar: Shupo-Moting, 11 (0:1); Sobex, 21 (1:1); Xuntelar, 45 (1:2); Shyopf, 80 (1:3).
Maynts – Gamburg – 0:0
Xoffenxaym – Ingolshtadt 04 – 2:1
Gollar: Leks, 17 (0:1); Ut, 37 (1:1); Amiri, 84 (2:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Kramarich, 53 (Xoffenxaym).
Darmshtadt 98 – Ayntraxt F – 1:2
Gollar: Vranchich, 12 (1:0); Xasebe, 56 (1:1); Aygner, 83 (1:2).
Amalga oshirilmagan penalti: Vagner, 20 (Darmshtadt 98)