Sport | 22:00 / 30.04.2016
4570
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Primerasi, 36-tur: "Real" "Real Sosedad"ni mag‘lub etib, Primerada 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya Primerasi 36-turida "Real Sosedad" o‘z maydoni "Anoeta"da Madridning "Real"ini kutib oldi. Uchrashuv madridliklarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

"Real" yetakchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordilar. Uchrashuvdagi yagona golni 80-daqiqada Garet Beyl kiritdi.

"Real" 84 ochko to‘plab, "Atletiko" va "Barselona"ni 2 ochko ortda qoldirib, musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda. Biroq "matraschilar" va kataloniyaliklar hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmadilar. "Real Sosedad" 42 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 36-tur
Real Sosedad – Real Madrid – 0:1
Gol:
Beyl, 80 (0:1).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish