Sport | 11:11 / 30.04.2016
3458
1 daqiqa o‘qiladi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi futbolchilarining holati haqida gapirib o‘tdi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini “Sautgempton” va “Real” jamoasi bilan bo‘ladigan uchrashuvlar oldidan futbolchilarining holati haqida gapirib o‘tdi.
“David Silvada kichik jarohat bor. Bu hafta u o‘ynay olmaydi. Uning sog‘ayib ketishi uchun ikki yoki uch hafta vaqt o‘tadi.
Yaya Ture bugun umumiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Chorshanba kuni bo‘ladigan o‘yinga tushadimi, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Unda imkoniyat bor.
Qolgan futbolchilarning holati yaxshi. Samir Nasrida ham muammolar yo‘q. Raxim Sterling varianti ham mavjud”, dedi Pellegrini.